Alvido, Rayyon. Marokashda quvurga tiqilib qolgan 5 yashar bola vafot etdi

Olam

image

Shimoliy Afrika hududida joylashgan Marokashda 30 metr (100 fut) chuqurlikdagi quvurga tiqilib qolgan 5 yoshli Rayyon ismli bolakay vafot etdi. Bu haqda Marokash qiroli Muhammad VI idorasi ma’lum qildi. 

“Qirol Muhammad VI quduqqa tushib ketgan marhum bola Rayyonning ota-onasiga qo‘ng‘iroq qilib, ularga hamdardlik bildirdi", deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, qutqaruvchilar  bolakayni 5 kun deganda quvurdan olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Uni darhol tez yordam mashinasi olib ketgan. Operatsiya joyida tez yordam mashinasi va tibbiy vertolyot navbatchilik qilgan.

Qutqaruvdan bir necha soat oldin quvurga kislorod niqobi, oziq-ovqat va suv tushirilgan, ammo Rayyon ulardan foydalana olgani yoki yo‘qligi aniq emas.

Shanba kuni mahalliy televideniye qutqaruvchilar qazigan tunneldan sariq ko‘rpaga o‘ralgan bolani olib ketayotgani tasvirini namoyish etgan.

Onaning muxbirlarga bildirishicha, Rayyon joriy yilning 1 fevral kuni mahallada o‘ynab yurgan payti quvurga tushib ketgan. Ushbu hodisa haqida uning yaqinlari quvurdan bolaning yig‘i ovozi eshitila boshlagach, xabar topgan va darhol qutqaruvchilarga murojaat qilgan.  

RIA Novostiga ko‘ra, qutqaruv operatsiyasi mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalarining katta e’tiborini tortgan va arab dunyosini chinakamiga birlashtirgan. Hatto Marokash bilan diplomatik munosabatlarni uzgan Jazoir ommaviy axborot vositalari ham o‘z o‘quvchilarini bolaning najoti uchun ibodat qilishga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing