Alvesning rafiqasi futbolchini ko‘rish uchun qamoqxonaga bordi
Sport
−
06 fevral 2023
3722Dani Alvesning rafiqasi Joana Sans ayni vaqtda qamoqda bo‘lib turgan futbolchini ko‘rgani bordi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Alves avvaliga rafiqasi bilan ko‘rishishdan bosh tortgan, biroq keyinchalik futbolchi Joana bilan suhbatlashishga rozi bo‘lgan.
“Men Alvesni hayotining eng yomon daqiqalarida ham tark etmayman”, deydi Sans.
Avvalroq, Sans futbolchi bilan ajrashishga qaror qilgani ma’lum bo‘lgandi. Shuningdek, u ijtimoiy tarmoqlardagi Alves bilan tushgan barcha fotosuratlarni o‘chirib tashlagandi.
Eslatib o‘tamiz, Dani Alves 20 yanvar kuni hibsga olindi. U Barselonadagi tungi klublardan birida 23 yoshli qizni zo‘rlashda ayblanmoqda. 39 yoshli futbolchi 4 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
LiveBarchasi