Alonso “Real”ni boshqarish qarorini xato deb atadi
Sport
−
09 may 1176 1 daqiqa
“Real Madrid”ning sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso “Qirollik klubi”ni 2025 yil yozida qabul qilib olgan qarorini xato deb hisoblamoqda. Bu haqda Cadena SER xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis jamoaga noto‘g‘ri paytda kelganidan afsusda. Madrid klubi joriy yilning 12 yanvar kuni Alonso bilan hamkorlikni rasman yakunlagan edi.
Shuningdek, Alonso klubning yarim himoyachilar Federiko Valverde va Orelen Tchuameni o‘rtasidagi mojaro kabi vaziyatlarga duch kelmaganidan mamnun ekani aytilmoqda.
Hozirda 44 yoshli mutaxassis ham professional, ham shaxsiy jihatdan o‘zini qoniqtiradigan yangi loyihani kutmoqda. Shu sabab ispaniyalik mutaxassis murabbiylik faoliyatiga qaytishga shoshilmayapti. Uning keyingi manzili sifatida Angliya yoki Germaniya klublari asosiy nomzod bo‘lib turibdi.
Ma’lumot uchun, ayni damda La Liganing 34-turidan so‘ng “Barselona” 88 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. “Real Madrid” esa 77 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Live
Barchasi