Allergiyadan butkul xalos bo‘lish mumkin...mi?

Salomatlik

image

Allergiyani davolashda amaliyotda keng qo‘llaniladigan davolash usuli bu immunoterapiya hisoblanadi.
Allergiyani davolashda kasallikning boshlangan vaqtini aniq bilish muhim. Ushbu kasallik qanchalik tez aniqlansa, uni rivojlanishini oldini olish, davolash shunchalik oson bo‘ladi. 

Surunkali kasallik bo‘lgani uchun allergiyani butunlay organizmdan yo‘qotib yuborish anchagina mushkul. Kasallik qo‘zishining oldini olish uchun sog‘lom turmush tarzini tashkil qilish kerak. Bular quyidagilardan iborat: mavsumiy chang allergiyasining qo‘zish vaqtida boshqa joyga vaqtincha ko‘chib o‘tish, agarda har qanday gulga allergiyangiz bo‘lsa, uy ichi va tashqarisidagi gullar, it, mushuk junlariga allergiyangiz bo‘lsa ulardan voz kechish lozim.

Hozirda allergiyani to‘liq dori-darmon bilan davolab yuborishning imkoni mavjud emas. Shu davrgacha ishlab chiqarilgan birinchi, ikkinchi va uchinchi sinfga ega bo‘lgan antigistamin dorilar kasallikning xuruji davrida faqatgina allergiyaning belgilarini vaqtincha xuddi “tez yordam”dek to‘xtatadi, ammo allergiyani butkul davolamaydi.

Allergiyani davolashda amaliyotda keng qo‘llaniladigan davolash usuli bu immunoterapiya hisoblanadi.

Allergen miqdori davolash kursi davomida oshirilib boriladi. Ushbu usul bilan davolash davomida allergik kasallikning yengillashishiga yoki butunlay davolanib ketishiga erishiladi.


Zarnigor Abdumalikova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

47

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing