Allegri “Inter” rahbarlarini haqorat qildi 

Sport

image

27 aprel kuni Italiya kubogi yarim final bosqichida “Yuventus” hamda “Inter” jamoalari to‘qnash keldi. O‘yin 1:0 hisobida milanliklarning foydasiga hal bo‘ldi va dastlabki o‘yindagi durang (1:1) evaziga “Inter” finalga yo‘l oldi.     

Final hushtagi yangragandan so‘ng “Yuventus” bosh murabbiyi “Inter” bosh direktori Beppe Marotta va Milan klubi menejeri Dario Bakchinga qarata: “Senlar jinnisanlar, baribir Yevropa Chempionlar ligasiga chiqolmaysanlar”, deb keskin gapirgan.

Kiyinish xonasida Allegri avvaliga jamoasi futbolchilarini tanqid qildi, so‘ng: 

“Biz chempionatda ulardan yuqori o‘rinni egallashimiz kerak, ular kuchli beshlikka ham kira olmasligi kerak”, deb aytgan.

A Seriya turnir jadvalida “Yuventus” ortda qolgan 31 ta turdan so‘ng 59 ochko jamg‘arib, 3-o‘rinni band etgan bo‘lsa, “Inter” 54 ochko bilan 6-pog‘onani egallab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

“Yuventus” “Inter”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing