Advokat Allamjonovning xodimlari qamoqqa olinishiga munosabat bildirdi

3-sahifa

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Axborot siyosati departamenti sobiq rahbari Komil Allamjonovga bo‘lgan suiqasd yuzasidan qo‘lga olingan uning 7 nafar xodimi qiynoqqa solingani aytilmoqda. Bu haqda ularning himoyachisi advokat Davronbek Saidov bugun, 13 yanvar kuni  jurnalistlarga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Biz 23 yanvar kuni sudga huquqlar buzilganligi to‘g‘risida xususiy ajrim chiqarilishini, so‘ngra ushbu qonunbuzarliklarga huquqiy baho berilishini so‘rab ariza bilan murojaat qilmoqchimiz. Bosh prokuraturaga esa ehtimoliy tazyiqlar yuzasidan allaqachon murojaat yuborildi. Mazkur yozma shikoyat ko‘rib chiqilganidan so‘ng biz batafsilroq tushuntirishlar bera olamiz”, dedi u.

Advokatning da’vosicha, tarkibida haydovchi, qo‘riqchi, oshpaz va xo‘jalik xodimi bo‘lgan Allamjonovning xizmatchilarini qo‘lga olish va qamoqda saqlash paytida huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.

“Xalqaro huquq normalaridan kelib chiqib, qamoqda saqlash sharoitlari va odamlarga nisbatan muomala qiynoq sifatida baholanishi kerak. Biroq bizning amaliyotimizda bu qandaydir sabablarga ko‘ra qiynoq hisoblanmaydi. Xalqaro me’yorlarga ko‘ra, masalan, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 7-moddasida qiynoqlar va g‘ayriinsoniy muomalalar taqiqlangani qayd etilgan.

Advokatlar taqdim etilmagan, sud majlislari sir saqlanayotgan holatlar hamon uchrab turibdi. Himoya huquqining buzilishi tergov zarurati bahonasida sodir bo‘ladi. Shuning uchun, bu haqda gapirish qiyin”, dedi Saidov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xodimlarga oid ochiq sud majlisi qoldirilgani, https://qalampir.uz/n/112635 ularni himoya qilish uchun advokat Saidovga shaxsan Komil Allamjonovning o‘zi murojaat qilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston suiqasd Allamjonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing