Allaqachon mamlakatda koronavirus aniqlangan – Shimoliy Koreya fuqarolari
Olam
−
18 aprel 2020
12320Shimoliy Koreya rasmiylari ommaviy chiqishlarda fuqarolarga mamlakatda koronavirus bilan kasallanish holatlari mart oyining oxirida tasdiqlanganligini aytishdi. Rasmiy Pxenyan esa tasdiqlangan holatlar bo‘lmaganini ta’kidlamoqda. Bu haqda bugun, 18 aprel kuni “Radio Free Asia“ nashri xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, tashkilot rahbarlari ishchilarga mamlakatda qayd etilgan koronavirus holatlari borligini aytishgan. Lekin ushbu kasallikka chalinganlarning soni haqida aniq ma’lumot berilmagan.
Manbalarning ma’lum qilishicha, koronavirus bilan bog‘liq holatlar Pxenyan, Janubiy Xvanxa provinsiyasi va Shimoliy Xamgyong viloyatida tasdiqlangan. E’tiborli tomoni, mamlakatga har qanday davlatgan kelgan odamlar 30 kunlik karantinga olinmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, mamlakatga faqat diplomatik korpus vakillari va boshqa siyosiy rasmiylar kirib kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Shimoliy Koreada qancha fuqaro karantinga olingani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi