Alla Pugacheva qarzdorlikda ayblanib sudga tortildi

Madaniyat-san’at

image

Solnechnogorsk ma’muriyati qo‘shiqchi Alla Pugacheva ustidan Moskvaning Tverskoy tuman sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Gap shundaki, xonanda Moskva viloyatidagi Istra daryosi sohilidagi yer uchastkasini ijaraga olgani uchun qarzini to‘lamagan.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘shiqchi 50 ming rubl (519 AQSH dollari)dan ortiq pul to‘lashi kerak. Gap 44,5 ming rubl (462 dollar) miqdoridagi qarz, shuningdek, 6,7 ming rubl (70 dollar) miqdoridagi jarima haqida bormoqda.

Xonandaning o‘zi hozircha bu voqeaga izoh bermagan.

Ish ochilganidan so‘ng, Alla Pugacheva eri Maksim Galkin, farzandlari Garri va Liza bilan chet elga uchib ketdi. Shundan so‘ng, u bir necha bor Moskvaga ham kelib turgan.

Eslatib o‘tamiz, Kolumbiyalik mashhur qo‘shiqchi Shakira soliq firibgarligi bo‘yicha ayblanayotgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Alla Pugacheva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar