Alkogol va tamaki mahsulotlariga taqiq bugundan kuchga kirdi

Jamiyat

image

Bugun, 26 avgust sanasidan “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni kuchga kirdi. 

Gap shundaki, ushbu qonun 2023 yil 24 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan. Uning 5-bob 45-moddasiga ko‘ra, “qonun rasmiy e’lon qilingan kundan uch oy o‘tgach kuchga kiradi”.

Qonunga ko‘ra, ko‘cha sotuvchilari faoliyatiga, sigaretlarni markirovkasiz, statsionar savdo nuqtalaridan tashqarida va donalab sotishga taqiq qo‘yildi. Endi ko‘cha sotuvchilari faoliyati tovarni to‘liq musodara qilish va 15 mln so‘mgacha jarimaga sabab bo‘ladi.

Bundan tashqari, Alkogol va tamaki mahsulotlarining, shuningdek, tamaki hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining yigirma bir yoshga to‘lmagan shaxslarga va yigirma bir yoshga to‘lmagan shaxslar tomonidan sotilishi ta’qiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida O‘zbekistonda “svet”, gaz va suvdan noqonuniy foydalanish o‘g‘rilik jinoyati bilan tenglashtirilishi bo‘yicha qonun kuchga kirgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Alkogol' qonun tamaki sotuvchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing