Alijonovning “Persepolis”ga transferi muxlislar sabab barbod bo‘ldi – manba 

Sport

image

Eronning “Persepolis” jamoasi bosh direktori Peyman Haddadi “Paxtakor” jamoasi futbolchisi Xojiakbar Alijonovning transferi ayrim muxlislarning noto‘g‘ri ma’lumotlari va bosimlar sabab to‘xtab qolganini ma’lum qildi.

“O‘ng qanot himoyachisi pozitsiyasi uchun Alijanovni ko‘rib chiqdik. Dastlab “Paxtakor” klubi futbolchi uchun 800 ming dollar talab qildi. Biz 400 ming dollar taklif berolishimizni ma’lum qildik. Muzokaralar jarayonida tomonlar 600-650 ming dollar atrofida kelishuvga yaqinlashdi va futbolchi bilan ham muloqot olib borildi”, deydi Haddadi.

Haddadining ta’kidlashicha, tomonlar 1,5+1 mavsumlik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan, biroq ayrim tashqi omillar transfer yakunlanishiga to‘sqinlik qilgan.

“Biz futbolchi bilan 1,5+1 mavsumlik kelishuvga erishgan edik. Biroq o‘zini eronlik deb tanishtirgan ayrim shaxslar muzokaralar jarayonini buzdi. Ular klub va mamlakat obro‘siga putur yetkazishga uringan holda futbolchining o‘ziga, hatto uning onasiga mamlakatdagi vaziyatni salbiy ko‘rsatishga qaratilgan rasm va videolar yuborgan. Bundan tashqari, klubning moliyaviy ahvoli borasida noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatilgan. Natijada O‘zbekiston tomoni esa kelishuv doirasida barcha to‘lovlar bir martada amalga oshirilishini talab qildi. Mazkur masaladagi xavotirlarni bartaraf etish uchun men shaxsan “Paxtakor” direktorlar kengashi raisi bilan ham suhbatlashdim, biroq ular aniq ikkilanayotganini bildirdi. Aftidan, klub futbolchining qiymatini to‘liq anglab yetib, uni Jahon chempionatidan keyin yanada yuqori takliflar evaziga sotishni maqsad qilgan. Shu bois ushbu transfer hozircha amalga oshmaydi”,  deydi “Persepolis” rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Persepolis”  O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qilgan edi.  https://qalampir.uz/news/sergeyev-eron-klubiga-kuchib-utdi-129724


Maqola muallifi

Teglar

“Paxtakor” Xojiakbar Alijonov “Persepolis”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing