Aliyevning odami Toshkentga kelib, Mirziyoyevga uning salomini yetkazdi

Jamiyat

image

Bugun, 23 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘shma Hududlar forumining birinchi yig‘ilishi va Ishbilarmonlar kengashining uchrashuvida ishtirok etish uchun Ozarbayjon delegatsiyasi boshchiligida O‘zbekistonga kelgan Iqtisodiyot vaziri, ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya hamraisi Mikoyil Jabborovni qabul qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. 

Unda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Uchrashuv avvalida Iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborov O‘zbekiston rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

“Suhbatda avtomobilsozlik, to‘qimachilik va ipakchilik tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari jadal amalga oshirilayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida bitim imzolanmoqda. Neft-gaz tarmog‘ida, transport va logistika sohalarida istiqbolli loyihalar tayyorlanmoqda”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlik ko‘lamini, jumladan, amalga oshirilayotgan mahalliylashtirish dasturi doirasida yanada kengaytirish muhim ekani qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing