Aliyev va Pashinyan to‘qnashuvlarga qaramay Samarqandga keladimi?

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ikki mamlakat Qurolli Kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvga qaramay Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqandda o‘tadigan sammitiga keladi. Buni tashkilotga raislik qilayotgan O‘zbekiston tomoni ham tasdiqlagan. Bu haqda bugun, 14 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidentining SHHT ishlari bo‘yicha maxsus vakili, TIVning maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Baxtiyor Hakimov ma’lum qildi. 

“O‘zbekiston raisligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozircha ular Samarqandga kelish niyatlarini tasdiqlagan”, deydi u tegishli savolga javob berar ekan. 

13 sentyabrga o‘tar kechasi Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjon Qurolli Kuchlari tomonidan mamlakat shaharlarini o‘qqa tutganini ma’lum qildi. Baku bu Yerevanning provokatsiyalariga javob ekanligini aytdi. Keyinroq Ozarbayjon o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvlarga erishganini e’lon qildi, biroq Armaniston o‘q uzish davom etishini ma’lum qildi. 

SHHT sammiti 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Ozarbayjon va Armaniston SHHTda muloqot bo‘yicha hamkor maqomiga ega.


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev Nikol Pashinyan Qorabog'dagi otishma

Baholaganlar

192

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing