Aliyev va Pashinyan tinchlik shartnomasini tezroq imzolamoqchi (video)
Olam
−
24 Oktabr
2801Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Qozon shahrida o‘tayogan BRICS sammiti doirasidagi uchrashuv yakunida Tashqi ishlar vazirlariga tinchlik shartnomasini imzolash uchun uni yakuniy ko‘rinishga keltirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishni va uni tezroq yakunlashni topshirdi. Bu haqda Armaniston hukumatining matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Tashqi ishlar vazirlariga "Tinchlik o‘rnatish va davlatlararo munosabatlar to‘g‘risida"gi kelishuv bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni davom ettirish va uni imkon qadar tezroq ishlab chiqish hamda yakunlash bo‘yicha ko‘rsatma berildi”, deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, Pashinyan va Aliyev sammit doirasidagi uchrashuvda tinchlik bitimi, chegarani delimitatsiya qilish va tomonlar o‘rtasidagi boshqa masalalarni muhokama qilgan.
Bundan tashqari, sammitning “Outreach/BRICS plus” formatidagi yig‘ilishida so‘zga chiqqan Pashinyan Armaniston va Ozarbayjon tinchlik o‘rnatish uchun asos yaratish bo‘yicha barcha prinsipial masalalarni 80-90 foizga kelishib olganini ma’lum qilgan.
Shuningdek, yig‘ilishda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham bunga munosabat bildirgan.
“Chegaralarni demarkatsiya va delimitatsiya qilish jarayoni boshlanganini mamnuniyat bilan qayd etish lozim, bu haqiqatan ham tinchlik shartnomasiga olib boradigan to‘g‘ri yo‘l”, degan u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston bilan munozarali masalalarni hal qilmasdan tinchlik bitimlarini imzolash variantini “mutlaqo real emas” deb atagan edi.
LiveBarchasi