Aliyev va Pashinyan Ispaniyada muzokara o‘tkazadi

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev joriy yilning 5 oktyabr kuni Ispaniyaning Granada shahrida bo‘lib o‘tadigan Yevropa siyosiy hamjamiyatining sammitida uchrashadi. Bu haqda Armaniston Xavfsizlik kengashi ma’lum qildi.

“Biz [Aliyevning yordamchisi Hikmet] Hojiyev bilan 5 oktyabr kuni Granadada bo‘lib o‘tadigan yetakchilar uchrashuviga tayyorgarlik ko‘ryapmiz”, deyiladi Xavfsizlik kengashi bayonotida.

Davlat rahbarlari vakillari 26 sentyabr kuni Bryusselda uchrashib, muzokaralar kun tartibini muhokama qiladi. Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Olaf Shols va Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel ishtirokida besh tomonlama yig‘ilish rejalashtirilgan.

Ozarbayjon Qorabog‘da aksilterror operatsiyasi boshlanishidan ikki kun avval, 17 sentyabrda Pashinyan Granadadagi besh tomonlama uchrashuvda Baku bilan tinchlik shartnomasi imzolanmasligini aytgan. 

“Agar hujjat imzolanishi nazarda tutilgan bo‘lsa, bu ushbu hujjat Armanistonning manfaatlariga mos kelishini bildirardi va biz uni imzolashga tayyor bo‘lardik”, degan Bosh vazir. 

Pashinyanning aniqlik kiritishicha, ikki davlat o‘rtasida 2023 yil oxirigacha tinchlik o‘rnatilishi ehtimoli mavjud.

23 sentyabr kuni Aliyev ikki davlat uchun tinchlik shartnomasini tuzish uchun “ko‘proq qulay imkoniyatlar” borligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon hukumati Qorabog‘dagi ijtimoiy, gumanitar, iqtisodiy va infratuzilmaviy muammolarni hal qilish uchun ishchi guruh tuzgan. Shuningdek, u Yevropa Ittifoqini mintaqaviy hokimiyat bilan reintegratsiya bo‘yicha muzokaralar haqida ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Ilhom Aliev Nikol Pashinyan Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing