Aliyev Ukrainaga 2 mln dollar yordam ajratdi

Olam

image
Ozarbayjon Ukrainaga qurol yetkazib berishi mumkin north_east

Ozarbayjon Ukrainaga qurol yetkazib berishi mumkin

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Ukrainaga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun mamlakat Energetika vazirligiga 2 million dollar ajratish haqidagi farmonni imzoladi. Hujjat respublika rahbari saytida e’lon qilindi.

“Ozarbayjon Respublikasi Energetika vazirligiga 2 million AQSH dollari ekvivalentiga teng manatda mablag‘lar ajratilsin”, deyiladi hujjatda.

Bildirilishicha, mablag‘lar “Ukrainaga insonparvarlik yordami ko‘rsatish maqsadida Ozarbayjonda ishlab chiqarilgan elektr jihozlarini” xarid qilish va jo‘natish uchun sarflanadi.

Ozarbayjon Kiyevga birinchi marta gumanitar yordam yuborayotgani yo‘q. Aliyev 2025 yilning fevralida Ukraina uchun elektr jihozlariga 1 million dollar, 2023 yil iyulida esa 7,6 million dollar ajratgan.

2022 yilda Ozarbayjon Ukrainaga 30 million manatdan ortiq (17,6 million dollar) gumanitar yordam ko‘rsatdi. Bu o‘sha yili Bakudan boshqa davlatga ajratilgan eng katta yordam edi. Baku dori-darmonlar, oziq-ovqat, transformator va generatorlar yubordi hamda ukrainalik bolalarni tibbiy va psixologik reabilitatsiya uchun qabul qildi.

Qayd etish joiz, iyul oyi o‘rtalarida Ukrainaga qanday maslahat berasiz degan savolga javoban Aliyev: “Hech qachon ishg‘olga rozi bo‘lmang”, degan va vaziyatni Qorabog‘ atrofidagi mojaroga qiyoslagandi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 10 avgust kuni Ozarbayjon va Ukraina Prezidentlari Ilhom Aliyev va Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi telefon muloqoti chog‘ida Rossiya Qurolli kuchlarining Ozarbayjon gazi tranzit orqali o‘tiladigan Ukraina gaz infratuzilmasiga va SOCAR'ning Odessadagi Ozarbayjon neft bazasiga bergan zarbalari muhokama qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Ilhom Aliev Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing