Aliyev Markaziy Osiyo bilan mudofaa sohasida hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi
Olam
−
09 avgust 2024 5064 1 daqiqa
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Markaziy Osiyo davlatlari bilan mudofaa va xavfsizlik sohasida hamkorlikni kuchaytirish zarur, deb hisoblaydi. Bu haqda u bugun, 9 avgust kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 6-Maslahat uchrashuvida so‘z ochdi.
“Dunyoda tobora kuchayib borayotgan tahdidlar mamlakatlarimiz o‘rtasida mudofaa va xavfsizlik sohasida hamkorlikni yanada kuchaytirishni taqozo etmoqda”, deydi u.
Bu doirada Aliyev, iyul oyida Qozog‘istonda o‘tkazilgan va Ozarbayjon ham ishtirok etgan “Bіrlestіk-2024” xalqaro tezkor-taktik qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlariga alohida urg‘u berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mudofaa sohasidagi aloqalarning rivojlanishi ko‘rsatkichi ham Ozarbayjon harbiy ta’lim muassasalarida Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan kursantlarning tayyorlanishidir.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust