Aliyev Xonkendida Ozarbayjon bayrog‘ini ko‘tardi

Olam

image

Kecha, 15 oktyabr kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Qorabog‘ viloyatining Xonkendi shahrida davlat bayrog‘ini ko‘tardi. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari viloyatning boshqa aholi punktlarida (Xo‘jayli va Adger shaharlari, Shushaning Askeran va Malibeyli qishloqlarida) bo‘lib, ularda ham Ozarbayjonning davlat bayroqlarini ko‘targan.

Ozarbayjon rahbari Sarsang suv omborida yana bir respublika bayrog‘ini qadagan.

Mahalliy nashrlarning yozishicha, barcha tadbirlar Ilhom Aliyevning Ozarbayjon Prezidenti etib saylanganining 20 yilligiga to‘g‘ri kelmoqda.

Ma’lumot uchun, Xonkendi tan olinmagan va tugatilgan Tog‘li Qorabog‘ning markazi bo‘lgan. Ozarbayjonning sentyabr oyida o‘tkazgan harbiy amaliyotidan so‘ng Tog‘li Qorabog‘ amalda o‘z faoliyatini to‘xtatgan, respublika hokimiyati 2024 yil 1 yanvarda tarqatib yuboriladi. Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘ hududini Ozarbayjonning hududi deb tan olish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi. Hozir Yerevan va Baku tinchlik shartnomasini muhokama qilmoqda.

Armaniston rasmiylariga ko‘ra, Ozarbayjonning 19-20 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan harbiy operatsiyasidan oldin Tog‘li Qorabog‘da 120 mingga yaqin etnik arman yashagan. Sentyabr oyining oxiriga kelib, 100 mingdan ortiq odam mintaqani tark etgan, ularning aksariyati Armanistonga ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Ilhom Aliev Armaniston Qorabog' Xonkendi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing