Aliyev Qorabog‘ni tiklashga qancha pul ketayotganini aytib, Mirziyoyevdan minnatdor bo‘ldi

Olam

image

O‘tgan uch yilda Armanistonning 30 yillik istilosidan ozod qilingan Qorabog‘ yerlarini tiklash uchun 7 milliard AQSH dollari mablag‘ sarflandi. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bugun, 3 noyabr kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti 10-sammitidagi nutqida so‘z ochdi. 

“Uch yil avval Vatan urushi tugaganidan so‘ng, Ozarbayjonda ishg‘oldan ozod qilingan hududlarda keng ko‘lamli restavratsiya va qurilish ishlari boshlandi. Bu maqsadlar uchun Ozarbayjon byudjetidan 7 milliard AQSH dollari miqdorida mablag‘ sarflandi. Kelgusi yilda kamida 2,4 milliard AQSH dollari ajratish rejalashtirilgan”, deydi Aliyev. 

Uning qayd etishicha, ayni vaqtda Hukumat “Buyuk qaytish” dasturini amalga oshirmoqda. Bu yerlarning haqiqiy egalari bo‘lgan sobiq majburiy ko‘chirilganlar allaqachon Lochin va Fuzuliy shaharlari hamda uchta qishloqqa qaytib borgan.  

“2026 yil oxirigacha Qorabog‘ va Sharqiy Zangezurga 140 mingdan ortiq aholini qaytarish rejalashtirilgan”, deydi mamlakat rahbari. 

U Fuzuliy shahrida qurilishi tugallangan maktab uchun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yana bir bor minnatdorlik bildirdi. 

“Avgust oyida birgalikdagi ishtirokimiz bilan bo‘lib o‘tgan maktabning ochilish marosimini mamnuniyat bilan eslayman. Qozog‘istonning Ozarbayjonga tuhfasi bo‘lgan Fuzuliy shahrida qurilayotgan bunyodkorlik markazi uchun Prezident Qosim-Jomart To‘qayevga minnatdorlik bildiraman. Bu Ozarbayjon va O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalarining ifodasidir”, deydi Prezident.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 22-23 avgust kunlari davlat tashrifi bilan Ozarbayjonda bo‘lib, 30 yillik arman istilosidan ozod qilingan Qorabog‘ viloyatiga bordi. Davlat rahbarlari Fuzuliyda bo‘lib, u yerda O‘zbekiston ko‘magi bilan qurilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi maktabning ochilish marosimida ishtirok etdilar. 


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev Turkiy davlatlar Tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing