Aliyev Armaniston bilan chegaradagi keskinlikka qaramay Samarqandga yetib keldi
Jamiyat
−
15 Sentabr 2022
6845Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashinining majlisiga faxriy mehmon sifatida taklif etilgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Avvalroq Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ozar-arman chegarasidagi qurolli to‘qnashuv sabab sammitda ishtirok etmasligini bildirgandi.
Eslatib o‘tamiz, 15-16 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi bo‘lib o‘tadi.
SHHT sammitida Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus, Eron, Mo‘g‘uliston, Turkiya, Ozarbayjon va Turkmaniston davlat hamda hukumat rahbarlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Pokiston Bosh vaziri allaqachon Samarqandga yetib kelgan.
LiveBarchasi