Aliyev Albaniyada Pashinyan bilan uchrashdi (video)
Olam
−
16 may
5451Bugun, 16 may kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Albaniya poytaxti Tiranada uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda APA xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, uchrashuv davomida Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan ikki davlat o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar hamda tinchlik shartnomasini tuzish jarayoni yuzasidan fikr almashgan.
Mazkur uchrashuv Yevropa Siyosiy Hamjamiyati sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan. Ushbu format Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron tashabbusi bilan 2022 yil may oyida tashkil etilgan bo‘lib, Yevropa Ittifoqi a’zolari bilan bir qatorda nomzod mamlakatlar va o‘z kelajagini Yevropa bilan bog‘layotgan davlatlarni ham birlashtiradi. Ularga Buyuk Britaniya, Ozarbayjon, Islandiya, Ukraina, Moldova, Turkiya, Gruziya va Armaniston kiradi. Shuningdek, tadbirlarda NATO va Yevropa Ittifoqi tuzilmalari vakillari ham ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pashinyan BMT Bosh assambleyasidagi chiqishida agar tinchlik shartnomasi Armaniston Konstitutsiyasiga zid bo‘lib chiqsa, Yerevan tinchlik uchun Konstitutsiyani o‘zgartirishi kerak bo‘lishini aytgandi. Keyin esa Ilhom Aliyev Armaniston bilan munozarali masalalarni hal qilmasdan tinchlik bitimlarini imzolash variantini “mutlaqo real emas” deb atadi.
LiveBarchasi
Dollar kursi yana oshdi.
15 iyul
Moskva yana suv ostida qoldi.
15 iyul