Alisson Bekker: “Jamoadagi hech kim bilan qo‘l berib so‘rashmayapman”

Sport

image

Koronavirus pandemiyasi futbolga kuchli ta’sir o‘tkazdi va barcha musobaqalar to‘xtatilishiga sabab bo‘ldi. COVID-19 virusi sababli ko‘plab odamlar qatori Mersisaydning "Liverpul" klubi darvozaboni braziliyalik Alisson jamoadagi hech kim bilan so‘rashmayotganini aytdi.

"Darvozabonlar murabbiyi va fizioterapevtdan tashqari boshqa hech kim bilan qo‘l berib so‘rashmayapman. Jamoadoshlarim bilan bir metr masofa saqlagan holda suhbatlashyapmiz. Koronavirusga chalinmaslik uchun ko‘rsatmada aytilganidek ehtiyot choralarini ko‘ryapmiz. O‘z salomatligimiz haqida o‘zimiz qayg‘urishimiz kerak. Sog‘lig‘imiz birinchi o‘rinda turadi", dedi Alisson Bekker.

Ma’lumot o‘rnida, ayni damda koronavirus yuqtirib olgan insonlar soni 381 293 nafarni tashkil etadi. 16 572 odam ushbu kasallik qurboni bo‘ldi. 101 344 nafardan ziyod insonlar koronavirusdan butkul sog‘ayib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Alisson Bekker

Baholaganlar

20

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing