Alisher Usmonov yana “Forbes” reytingidan o‘rin oldi

Olam

image

Rossiyaning eng boy ishbilarmonlaridan biri Alisher Usmonov “Forbes” reytingida 18,5 milliard dollarlik boylik bilan 97-o‘rinni egalladi.  

2020 yilda uning boyligi 13,4 milliard dollarni tashkil etgan.  Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2012 yil martidan buyon bunday sakrash birinchi marta USM Holdings asoschisi va asosiy aksiyadorida kuzatilgan.

Alisher Usmonov 2000 yildan 2014 yilgacha "Gazprom" davlat konglomeratining sho‘ba korxonasi - "Gazprom Investholding" ni boshqargan. Bundan tashqari, milliarder 2006 yilda o‘zining san’at, fan va sport xayriya tashkilotiga asos solgan.
 
Shuningdek, “Forbes” reytingida Alisher Usmonov Facebook’ning birinchi investorlaridan biri.

Shuningdek, “Forbes” reytingida “Amazon” asoschisi Jeff Bezos $188,6 mlrd AQSH dollari boylik bilan 1-o‘rinni egallagan.

SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask esa 169,8 mlrd boylik bilan 2-o‘rinda turibdi.

3-o‘rin esa 163,6 mlrd boylik bilan LVMH rahbari Bernar Arnoga nasib etgan.

Ma’lumot o‘rnida, “Bloomberg Billionaires Index” (BBI) reytingidagi eng boy rossiyaliklarning umumiy moliyaviy holati 2021 yilning birinchi choragida 23,969 milliard dollarga o‘sgan.

Rossiyaning TOP-10 milliarderi ro‘yxatida 7-o‘rinda turgan Alisher Usmonov esa ushbu davr mobaynida 1,38 milliard AQSH dollari yo‘qotgan.

Yulduz Abdurashidova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1217

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing