Smartfon tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

Texnologiya

image

Salomatlikka zarari kamroq smartfon tanlashda uning umumiy xususiyatlariga, ishlab chiqaruvchisiga e’tibor berish, shuningdek, xaridorlarning sharhlarini o‘qish kerak. Bu haqda "Sinergiya" universiteti qoshidagi Axborot texnologiyalari instituti direktori o‘rinbosari Anton Averin ma’lumot berdi. 

"Shifokor va olimlar uyali aloqa vositalarining zarari bor yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida tez-tez izlanishlar olib borishadi. Ammo ular hozirgacha aniq xulosaga kelishmagan. Shuningdek, qurilmalardagi katta xavf ko‘pchilik ishongani kabi, elektromagnit nurlari emas, balki qurilmaning yig‘ilish sifati pastligi", deya ta’kidlagan ekspert. 

Qurilmani past sifatda yig‘ilishi ko‘p hollarda mobil qurilmalarning yonib ketishiga yoki ularning batareyasi portlashiga sabab bo‘ladi. Bunday holat Galaxy Note 7, Redmi Note 7 Pro kabi smartfonlarda kuzatilgan. 

"Uyali aloqa vositalarini ishlab chiqaradigan ba’zi "noma’lum" kompaniyalar qurilmani yig‘ishda arzonroq va sifatsiz komponentlardan foydalanadi. Bu esa o‘z navbatida salbiy oqibatlarga olib keladi", deya so‘ziga yakun yasagan Averin.

Mutaxassis shuning uchun smartfon xarid qilishdan oldin uning ishlab chiqaruvchisiga, umumiy xususiyatlariga va mijozlarning sharhlariga e’tibor berishni tavsiya etgan.


Maqola muallifi

Teglar

smartfon

Baholaganlar

292

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing