Elmira Bositxonova yana SSVga qaytdi
Jamiyat
−
03 iyul 2020
10074O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bugun, 3 iyuldagi tegishli qaroriga asosan Elmira Irkinovna Bositxonova Sog‘liqni saqlash vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik xabar berdi.
Elmira Bositxonova 1958 yilda tug‘ilgan. 1981 yilda Toshkent davlat tibbiyot instituti (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi)ni tamomlagan, tibbiyot fanlari doktori.
Faoliyatini Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasida boshlagan, 1981-2011 yillarda shifokor-intern, anesteziolog-reanimatolog, bo‘lim boshlig‘i, Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi bosh shifokori.
2011-2016 yillarda Bosh vazir o‘rinbosari – Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan, keyin Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgan Elmira Bositxonova 2019 yilning yozida yana hukumat a’zoligiga qaytarilgan, 2020 yilning yanvarida lavozimga qayta tasdiqlangandi.
Bositxonova 2020 yil fevralidan bugungacha O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.