Alisher Sa’dullayevga o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi direktorining o‘rinbosarlari tayinlandi. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kecha, 10 iyuldagi qaroriga muvofiq, Sarvar G‘aniyech Ashurov Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 

Sarvar Ashurov shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Dilnozaxon Sobir qizi Kattaxanova yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi.

Dilnoza Kattaxanova O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi o‘rinbosari, Kamalak bolalar tashkiloti raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, Agentlik Prezidentning 2020 yil 30 iyundagi Farmoni bilan tashkil etilgan. Agentlikka Alisher Sa’dullayev direktor etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Yoshlar ishlari agentligi

Baholaganlar

193

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing