Aliment to‘lamay qochib yurgan erkak Ohangaronda ushlandi
3-sahifa
−
01 dekabr 2023
5577Namangan viloyati Chust tumanida aliment to‘lashdan qochib yurgan erkak Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidan topildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab, yashirinib yurgan va davlat ijrochisi tomonidan qidiruvga berilgan qarzdorlarni topish hamda qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida byuroning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan hamkorlikda tadbirlar o‘tkazilgan. Ushbu qidiruv tadbirlari davomida chustlik qarzdor ota topilib, unga nisbatan uzoq vaqtdan beri aliment to‘lamagani uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
R.Q.ga fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudining qaroriga ko‘ra, 2 nafar farzandi uchun to voyaga yetgunga qadar aliment undirish belgilangan. Biroq qarzdor turli bahonalar bilan to‘lamay kelgani uchun joriy yilning aprel oyida o‘n besh sutkalik ma’muriy qamoqni o‘tab chiqqan. Shunga qaramay, yana farzandlarining ta’minotidan bo‘yin tovlab kelgan.
"Boz ustiga erkak qarzdorlikni qasddan to‘lamay yashirinib yuradi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, qidiruvdagi qarzdor Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yurgani aniqlandi va tadbir davomida ushlanib, Chust tumaniga olib kelindi. O‘tkazilgan suhbat mobaynida qarzdorlik salkam 15 million so‘mga yetgani, uni bartaraf etish tushuntirildi. Qayd etilishicha, u yana mas’uliyatni his etmadi va unga nisbatan jinoyat ishi ochildi", deyiladi bu haqdagi xabarda.
LiveBarchasi