Aliqulov “Rizespor” bilan shartnomasini uzaytirdi
Sport
−
14:36 450 1 daqiqa
Turkiyaning “Rizespor” jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Husniddin Aliqulov bilan shartnomani 1 yilga uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Turkiya klubi Husniddin Aliqulov bilan tuzilgan mehnat shartnomasida mavjud bo‘lgan +1 yil opsiyasidan foydalanib shartnomani uzaytirgan.
“Gyoztepe” bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinda jarohat olib, o‘yinni tark etgan Husniddin Aliqulovga oldingi xochsimon bog‘lamning yirtilishi, patellar shikastlanishi, medial va lateral meniskusda yirtilish, qon ketishi va shish tashxisi qo‘yilgan. 26 yoshli futbolchimizning tiklanish davri 6 oydan 9 oygacha bo‘lishi taxmin qilinayotgan edi, u mavsumni yakunladi. Futbolchining o‘yini va sadoqatini inobatga olgan holda, klubimiz mavsum tugashidan oldin bir yillik imkoniyatdan foydalandi va uning shartnomasini 2026-2027 yilgi mavsum oxirigacha uzaytirdi”, deyiladi klub xabarida.
Ma’lumot uchun, Aliqulov 2023 yil yozidan buyon “Rizespor” safida o‘ynab kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aliqulov Italiya poytaxti Rim shahrida operatsiya qilingani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi