Alibaba asoschisi O‘zbekistonga insonparvarlik yordami yubormoqda
Olam
−
29 mart 2020
14784Xitoyning eng boy odamlaridan biri Alibaba Group kompaniyasi asoschisi Jek Ma Osiyoning yana 7 davlatiga koronavirus bilan kurashda yordam berishga qaror qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Jek Ma fondi O‘zbekiston, Ozarbayjon, Butan, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Vetnamga asosiy tibbiy vositalarni yetkazib bermoqchi.
Alibaba Group yetti davlatga jami 1,7 millionta tibbiy niqob, 165 ming tekshiruv testi, himoya kiyimi va tibbiy qurilma yuborishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtga kelib, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 133 nafarga yetdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi