Aleksandr Usik hibsga olindi (video)

Sport

image

Ukrainalik super og‘ir vazn toifasidagi bokschi Aleksandr Usik Polshaning Krakov shahri aeroportida hibsga olindi. Bu haqda “Onet” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Usikning hamrohi Ispaniya uchun reysga kiritilmagan. Usik esa yolg‘iz uchishdan bosh tortib, hamrohining hibsga olinishiga qarshilik ko‘rsatgan.

Keyinroq Usik Krakov aeroportida ushlanganiga izoh berib, “hammasi yaxshi” ekanini bildirib, mazkur holatda “tushunmovchilik” bo‘lganini aytdi.

“Hammasi yaxshi. Tezda hal qilingan tushunmovchilik sodir bo‘ldi. Ukraina diplomatlariga yordam uchun rahmat. Bo‘yi, vazni, qo‘llari va qiyofasiga qaramay, o‘z vazifalarini bajarayotgan Polsha huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hurmatim cheksiz”, deydi Usik.

Ma’lumot uchun, 37 yoshli Usik super og‘ir vaznda jahon chempioni va vazn toifasidan qat’i nazar (P4P) reytingi yetakchisi hisoblanadi. U oxirgi jangida britaniyalik Tayson Fyurini mag‘lubiyatga uchratgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Pol'sha Aleksandr Usik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made