Alaba o‘z klubini bankrotlikdan saqlab qolmoqchi

Sport

image

Avstriya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi himoyachisi David Alaba o‘zi faoliyat boshlagan klubni bankrotlikdan saqlab qolmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi Avstriyaning “Vena” klubini saqlab qolish uchun investitsiya fondi bilan muzokaralar olib bormoqda.

Jamoaning umumiy qarzlari yig‘indisi 12,5 million yevroga teng. Agar keyingi haftaga qadar qarzlar to‘lanmasa, bu klubning bankrot bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida Alaba “Real Madrid” klubiga ko‘chib o‘tgan va to‘rt yillik shartnoma imzolagan edi. Futbolchining yillik maoshi 11 million yevroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Alaba 2007-2008 yilgi mavsumda “Vena” jamoasida o‘tkazgan va shundan so‘ng, “Bavariya” bilan shartnoa imzolagan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Real Bavariya Vena Avstriya Bankrot Alaba

Baholaganlar

95

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing