Alvares va Krouford o‘rtasidagi jang sanasi belgilandi
Sport
−
04 fevral 2254 1 daqiqa
To‘rt divizionda jahon chempionlari Saul “Kanelo” Alvares va Terens Krouford jamoalari o‘zaro jangni 2025 yilning sentyabrida o‘tkazish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi. Bu haqda “The Ring” xabar berdi.
Jang super o‘rta vazn toifasida hech qanday maxsus shartlarsiz (masalan, rasmiy tarozidan keyin kilogramm ortishiga cheklovlarsiz) o‘tkaziladi. Jang Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nevada shtati Las-Vegas shahrida o‘tkazilishi kutilmoqda.
“Kanelo” unvonini may oyi boshida himoya qilishi kutilmoqda. Uning ushbu jangdagi raqibi hali aniqlanmagan, ammo bu hozirda IBF chempionlik kamariga ega bo‘lgan Uilyam Skull bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 34 yoshli meksikalik bokschi Saul shu vaqtga qadar profboksda 62 ta jang o‘tkazib, 60 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan. 37 yoshli Krouford esa 41-0 rekordga ega. Krouford oxirgi jangini o‘tgan yili avgust oyida o‘zbekistonlik Isroil Madrimovga qarshi o‘tkazib, hakamlarning bahsli qarori evaziga g‘alaba qozongandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr