Alsgeymer kasalligi boshlanganini qanday bilish mumkin? 

Salomatlik

image

60 yoshdan oshgan odamlarda tushunarsiz tashvish Alsgeymer kasalligining dastlabki bosqichini ko‘rsatishi mumkin. Bu haqda doktor Emer Maksuini ma’lumot bergan. 

“Hech qanday sababsiz tashvishlanish, qisqa muddatli xotira yo‘qolishi demensiyaning dastlabki belgilari bo‘lishi mumkin”, degan doktor. 

Mutaxassisning fikricha, xotirjam bo‘lmaslik “tabiiy tashvish”ga o‘xshamaydi. Biroq, ushbu belgi ancha oldin paydo bo‘lishi mumkin. 

“Alsgeymer kasalligi tashxisi qo‘yilgan odamlar ko‘pincha so‘rovda tushunarsiz xavotirni boshdan kechirganliklarini tan olishdi va aniq muammolardan 18 oy yoki, hatto, ikki yil oldin qisqa muddatli xotira yo‘qolishining birinchi holatlari qayd etilganini aytishdi”, degan Maksuini. 

Qayd etilishicha, Alsgeymer kasalligi birinchi navbatda qisqa muddatli xotiraga ta’sir qiladi va kasallikning rivojlanishi bilan uzoq muddatli xotira bilan bog‘liq muammolar rivojlanadi. 

Maqolada bu kasallikni davolab bo‘lmasligi va uning rivojlanishini to‘xtatadigan dorilar yo‘qligi ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

315

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing