“Al-Nasr” o‘z safiga PSJ futbolchisini qo‘shib olmoqchi
Sport
−
25 fevral 2023 5812 1 daqiqa
Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi o‘z safini yuqori darajadagi futbolchilar bilan kengaytirish niyatida. Variantlar orasida PSJ klubi himoyachisi Serxio Ramos ham bor. Bu haqda “Yevro Futbol” nashri xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, “Al-Nasr” Parij klubi bilan Ramosning amaldagi shartnomasi joriy yilning iyun oyida tugashidan foydalanib, unga jamoaga o‘tishni taklif qilmoqchi.
Aytish joizki, 36 yoshli himoyachining PSJ bilan shartnomani uzaytirishi yoki uzaytirmasligi ham hali noma’lum.
Serxio Ramos 2021 yildan beri PSJ klubi safida o‘ynab kelmoqda, bungacha ispaniyalik futbolchi “Real Madrid” va “Sevilya “ klublarida to‘p surgan. Himoyachi “Real” safida besh karra Ispaniya chempioni va to‘rt marta Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.
Mushtariy G‘aniyeva
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust