“Al-Nasr” Ronaldu aytgan murabbiyni klubga olib kelmoqchi

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” futbol klubi rahbariyati ayni damda o‘z tarkibini Yevropa ligalaridagi yulduz futbolchilar bilan boyitishda davom etmoqda. 

Klub portugaliyalik Krishtianu Ronalduning atrofida kuchli jamoa qurish istagida Marselo Brozovich va Hakim Ziyesh transferlari haqida bosh qotirmoqda.

Endilikda rahbariyat jamoaning amaldagi ustozi Dinko Yelichichni ishdan olmoqchi. Uning o‘rniga esa aynan Ronaldu tomonidan ilgari surilgan portugaliyalik murabbiy Luish Kashtru asosiy variant qilib ko‘rsatilmoqda.

Mutaxassis hozir 61 yoshda va amalda Braziliyaning “Botafogo” klubida ishlaydi. U yerda uning boshqaruvidagi klub 12 turdan so‘ng turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ma’lumot uchun, portugaliyalik murabbiy bunga qadar Janubiy Amerika, Qatar va Donetskda faoliyat olib borgan hamda boy tajribaga ega bo‘lgan. Aynan Kashtru rahbarligida Donetskning “Shaxtyor” klubi 2020 yilda CHLda shov-shuvli tarzda ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Al-Nasr Luish Kashtru

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing