“Al-Nasr” Krishtianu Ronalduni to‘yi bilan tabrikladi (video)
Sport
−
12:14 538 1 daqiqa
Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi bosh murabbiyi Anje Postekoglu jamoa hujumchisi va sardori Krishtianu Ronalduni to‘yi bilan tabrikladi. Murabbiyning so‘zlaridan so‘ng jamoadoshlari ham portugaliyalik futbolchini olqishladi.
Avvalroq, Ronaldu va model Jorjina Rodriges joriy yilning 11 avgust kuni turmush qurgani haqida xabar bergan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, juftlikning to‘y marosimi Lissabon yaqinidagi Kashkaysh sohil shahrida bo‘lib o‘tgan. Marosimda juftlikning besh nafar farzandi ham ishtirok etgan.
Ma’lumot uchun, Ronaldu o‘tgan yilning aynan 11 avgust kuni sevgilisi Rodrigesni qo‘lini so‘ragandi. O‘shanda Rodriges katta nikoh uzugi aks etgan suratni joylashtirib, ispan tilida “Ha, men roziman. Bu safar ham, butun hayotim davomida ham”, deb yozgan. Ronaldu va Jorjina 2016 yildan buyon munosabatlarda bo‘lib kelgan.
Live
Barchasi