Al-Bag‘dodiyning ukasi qo‘lga olindi

Olam

image

Iroq harbiylari ISHIDning yo‘q qilingan yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning o‘rinbosarini qo‘lga oldi. Bu haqda mamlakat Iroq xavfsizlik organlari matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, Kirkuk provinsiyasi Xavija qishlog‘i politsiyasi kvartirada yashirinib yotgan Abu Xaldun laqabli jangarini qo‘lga olgan. Jangarining Shaalyan Ubeyd nomiga berilgan qalbaki pasporti bo‘lgan. 

“Bu jinoyatchi al-Bag‘dodiyning o‘rinbosari lavozimni egallab kelgan va Salah-ad-Din provinsiyasida “harbiy amir bo‘lgan”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 oktyabr kuni AQSH Suriyada ISHID terrorchilik tashkiloti yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyga qarshi maxsus operatsiya o‘tkazgan va natijada al-Bag‘dodiy o‘zini portlatib yuborgan. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, AQSH Prezident Donald Tramp Rossiya va Turkiyaga ushbu operatsiyani o‘tkazishda ko‘mak bergani uchun minnatdorlik bildirib chiqdi.

Oradan 10 kun o‘tib, 6 noyabr kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an turk qurolli kuchlari ISHID terrorchilik guruhining yo‘q qilingan yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning rafiqasi, singlisi va kuyovini qo‘lga olganini aytib chiqdi


Maqola muallifi

Teglar

Alb-Bag'dodiy

Baholaganlar

116

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar