“Al-Ahli” Vinisiusga 1 mlrd yevrolik shartnoma taklif qildi
Sport
−
11:35 369 1 daqiqa
Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubi “Real Madrid” hujumchisi Vinisius Juniorga 1 milliard yevrolik shartnoma taklif qilmoqda. Bu haqda jurnalist Ben Yakobs xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Al-Ahli” yozgi transfer oynasida 25 yoshli braziliyalik futbolchini asosiy nishon sifatida belgilab, faol muzokaralar olib bormoqda. Vinisius ilgari Madridda qolish va “Real” bilan shartnomani uzaytirish istagini bildirgan bo‘lsa-da, vaziyat keskin o‘zgarishi mumkin. Saudiya Arabistonining kuchli brokerlari uni qo‘lga kiritishga qat’iy qaror qilgan.
Ma’lumot uchun, Vinisius Junior 2018 yilda “Flamengo”dan 45 million yevro evaziga “Real Madrid”ga o‘tgan. Joriy mavsumda u “qirollik klubi” safida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urib, 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.
“Transfermarkt” portali ma’lumotlariga ko‘ra, uni bozor qiymati 150 million yevroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madridning “Real” klubi braziliyalik futbolchi Vinisius Junior uchun Saudiya Arabistonidan 200 million funt sterling miqdorida taklif olgan edi.
Live
Barchasi