Akusher o‘zi o‘ldiga chiqargan chaqaloqni sotmoqchi bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentning Yangiyo‘l shahar bo‘limi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tekshirishda yangi tug‘ilgan chaqaloqni sotishga uringan tibbiyot hodimi qo‘lga olindi.

Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruq bo‘limi akusher-ginekologi R.X., fuqaro Z.E.ning joriy yilning 1 aprel kuni tug‘ilgan qiz farzandini go‘yoki o‘ldi deb xabar berib, bu haqda hech qanday ma’lumot qayd etmasdan, 100 AQSH dollari evaziga chaqaloqni fuqaro S.M. dunyoga keltirgan deb, uning nomiga tug‘ruq haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirish orqali sotib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

odam savdosi Yangiyo'l

Baholaganlar

146

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing