Aktyor Abror Tursunov vafot etdi
Jamiyat
−
07 fevral
42730"Kulol va Xurmacha" filmidagi Xurmacha roli orqali shuhrat qozongan kinoaktyor Abror Tursunov vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ma’lum qildi.
"Madaniyat vazirligi marhumning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi", deyiladi bu haqdagi xabarda.
Ma’lumot o‘rnida, kinoaktyor faoliyati davomida “Chinor ostidagi duel”, "Suyunchi", "Abdullajon", “Kim jinni”, “Ayollar saltanati” kabi ko‘plab filmlarda rol ijro etgan.
U kinematografiya olamiga o‘tgan asrning 70-yillarida kirib kelgan. Aktyor ilk bor "Chinor ostidagi duel" filmidagi Parpi roli bilan ko‘pchilikning e’tiboriga tushgan.
Ushbu muvaffaqiyatidan so‘ng aktyor ijro etgan rollari soni orta boshladi. Abror Tursunov asosan kichik epizodik rollarni ijro etgan bo‘lsa-da, ular o‘zining hayotiyligi bilan tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lgan. U bosh rollardan birini maromiga yetkazib o‘ynagan "Kulol va Xurmacha" ertak filmi esa 90-yillarda ekran yuzini ko‘rgan.
LiveBarchasi