AKT vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Jamiyat
−
11 iyun 2020
6251O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 10 iyunidagi qaroriga muvofiq, Oleg Andreyevich Pekos Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.
Oleg Pekos shu vaqtga qadar “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “Telekommunikatsiya transport tarmog‘i” filiali direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan.
Shu bilan birga, Oleg Pekos faoliyati davomida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida bir qator rahbar lavozimlarida mehnat qilgan. M.A.Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetida “Axborot tizimlari va texnologiyalari muhandisi” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.
Pekos Oleg Andreyevich 1988 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyundagi qaroriga muvofiq, Jamol Tilloyevich Maxsudov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining telekommunikatsiya infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Jamol Maxsudov shu vaqtga qadar “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktorining istiqbolli rivojlantirish va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan.
Jamol Maxsudov faoliyati davomida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida bir qator rahbar lavozimlarida mehnat qilgan. 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritgan. Toshkent elektrotexnika aloqa institutida “Elektr aloqa muhandisi” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.
Jamol Tilloyevich Maxsudov 1972 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatayotgan Qahramon Anvarjonovich Yo‘ldoshev O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining agrar sohasini raqamlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga, Jamshid Sharifjonovich Egamberdiyev O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining investitsiyalar va moliya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga, Bahromjon Adhamovich Olmatov O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining axborot xavfsizligi va rejim masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15