AKT vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kecha, 19 martdagi qaroriga muvofiq, Jamshid Sharifjonovich Egamberdiyev Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan, bugun, 20 mart kuni vazirlikda tayinlov bo‘lib o‘tdi.

Jamshid Egamberdiyev shu vaqtga qadar Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan.

Shu bilan birga, Jamshid Egamberdiyev faoliyati davomida “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati Moliya bo‘yicha direktori lavozimlarida mehnat qilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Biznesni boshqarish” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.

Jamshid Sharifjonovich Egamberdiyev 1982 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

57

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing