Akmal Mahmudaliyev rosmanasiga Sirdaryo hokimi bo‘ldi

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Akmal Azimjonovich Mahmudaliyev tayinlandi. Bu haqda bugun, 7 aprel kuni O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi sessiyasida ma’lum qilingan.

Davlat rahbari Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Akmal Azimjonovich Mahmudaliyev nomzodini tavsiya etgan.

Nomzod hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha rejalarini taqdimot qilgach, viloyat hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yilgan. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Akmal Mahmudaliyev viloyat hokimi etib tasdiqlandi. 

Yig‘ilish davomida viloyatni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, tumanlar hokimlarining rejalari tinglandi.

Aytish joizki, Akmal Mahmudaliyev 2022 yildan beri Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Akmal Maxmudaliev Sirdaryo hokimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar