Axborot kodeksi ishlab chiqildi. Unda nimalar keltirilgan?
Jamiyat
−
15 dekabr 2022
3956O‘zbekistonda Axborot kodeksi ishlab chiqildi. Ushbu qonun loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.
Qayd etilishicha, ushbu kodeks O‘zbekistonda axborotlashtirish, axborot resurslari va tizimlaridan foydalanish, axborotni erkin izlash, olish, tadqiq etish, uzatish hamda tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan, shuningdek, axborotning muhofaza qilinishi kabi munosabatlarni tartibga soladi.
Mazkur kodeks 4 bo‘lim, 14 bob va 131 moddadan iborat. Kodeksga bir qancha yangi tushunchalar kiritilgan. Jumladan, blogerga tarif berilib, blogerlik faoliyati bo‘yicha tartib qoidalar keltirib o‘tilgan.
Shuningdek, unda mahalliy davlat hokimiyatlari hamda bir necha vazirliklarning axborot sohasidagi vakolatlari keltirib o‘tilgan.
Bundan tashqari, kodeksda bir jinslilar o‘rtasidagi g‘ayritabiiy aloqalarni targ‘ib qilishni taqiqlash bo‘yicha qism mavjud.
Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach, kuchga kiradi. Qonun muhokamasi 29 dekabrga qadar davom etadi.
LiveBarchasi