AKFA Medline`da “Sen Yashaysan” xayriya aksiyasi
Biznes
−
21 avgust 2019
7348Farzand tug‘ilishi ota-ona uchun baxtdir, biroq uzoq kutilgan chaqaloq dunyoga og‘ir tug‘ma kasallik bilan dunyoga kelishi falokatning o‘zginasi. Bolaga yurak porogi tashxisi qo‘yilishi eng bardoshli ota-onani ham ruhan sindirishi mumkin. Har yili 1 400 000 nafar bola og‘ir va murakkab yurak porogi bilan dunyoga keladi.
Murg‘ak bolaning ahvoli kundan-kunga yomonlashishi mumkin. Shunday vaziyatlarda ota-onalar o‘zlarini qo‘yarga joy topolmay, farzandini qutqarish uchun har qanday imkoniyat, mo‘jizaga suyanadi. Ba’zi vaqtlarda esa yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish yo‘qdek ko‘rinadi.
AKFA Medline klinikasi ota-onalarga hayotining mazmunini qaytarish, go‘daklarining og‘ir kasallikdan tuzalib ketishiga umid berish uchun Koreyadan kelgan malakali kardioxirurglar bilan hamkorlikda “Sen Yashaysan” xayriya aksiyasini tashkil qildi.
Aksiya doirasida 5-17 avgust kunlari AKFA Medline kardioxirurgiya markazi mutaxassislari Respublikaning barcha aholisi uchun bepul konsultatsiyalar tashkil qildi. Yakunda zudlik bilan operatsiya qilinishi kerak bo‘lgan 30 nafar bola tanlab olindi.
Bugun, 21 avgust kuni klinikada “Sen Yashaysan” xayriya aksiyasining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi. Janubiy Koreyadan kelgan kardioxirurg mutaxassislar mahalliy doktorlar ko‘rigidan keyin tanlab olingan 30 nafar murg‘ak bolani tekshirdi.
Bepul konsultatsiyalar natijasida 5 nafar go‘dak kuz oxirida Koreyaga ketadigan bo‘ldi. U yerda ularga kelajakda tuzalib ketishi uchunyana bir umid beriladi. Borish-kelish, yashash, tahlillar va jarrohlik amaliyoti harajatlari AKFA Medline klinikasining Janubiy Koreyadagi hamkori Gil Hospital hisobidan to‘lab beriladi.
Ahamiyatlisi, xorijiy mehmonlar bepul ko‘rik, exokardiografiya tashkil qilib bolalarga kasallikni yengish uchun umidgina berib qolmay, har bir go‘dakka sovg‘alar ham ulashdi.
Inson umid, ishonch bilan mo‘’jizani o‘z qo‘llari bilan yaratadi va biz AKFA Medline xodimlari sizga yordam qo‘lini uzatamiz va siz doimo qo‘rquvda yashashingizga izn bermaymiz. Negaki jajjigina murg‘ak qalbni xar onda to‘xtab qolish qo‘rquvidan xalos qilish istagidamiz.
AKFA Medline
Markaziy Osiyodagi eng yirik tibbiyot markazi.
Telefon: +99871 203 30 03 yoki 1141
Manzil: Olmazor tumani, Kichik xalqa yo‘li ko‘chasi, 5A
Mo‘ljal: “Beruniy” metro bekati
Telegram: t.me/akfamedline_uz
Instagram: https://instagram.com/akfamedline
Sayt: http://www.akfamedline.uz/ru/
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi