Akademik litseylarga qabul qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 20 iyunidan akademik litseylarda 2021/2022 o‘quv yili uchun o‘quvchilardan hujjatlarini qabul qilish boshlanadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

O‘quvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslar akademik litseylarda tashkil etilgan Maslahat kengashlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

•    ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili, shakli ko‘rsatilgan ariza (chet tilidan saralash imtihoni topshirish belgilangan yo‘nalishlarda arizada qaysi chet tilidan saralash imtihonni topshirish hamda imtihonni o‘tkazish qoidalari bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);

•    shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport/ID-karta) nusxasi;

•    3,5x4,5 sm o‘lchamdagi 6 ta rangli fotosurat (oq fonda).

Bundan tashqari hujjatlarni o‘quvchilar litsey.edu.uz portali orqali akademik litseylarga o‘quvchilar o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha onlayn topshirishlari ham mumkin bo‘ladi.

O‘qishga imtiyozli kirish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalar g‘oliblari asl nusxadagi diplom, sertifikat, guvohnoma yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni ham topshiradilar.

Hujjatlarni qabul qilish 30 iyunga qadar davom etadi.

Avvalroq, joriy yilning 20 iyunidan olim ta’lim muassasalariga hujjatlarni onlayn qabul qilish boshlanishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

litsey

Baholaganlar

136

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing