Akademik Edvard Rtveladze vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Atoqli arxeolog olim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Rtveladze Edvard Vasilevich 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ma’lum qildi.

Edvard Rtveladze 1942 yil 14 may kuni Gruziyaning Borjomi shahrida tavallud topgan. 1967 yilda tarixchi-arxeolog mutaxassisligi bo‘yicha Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Keyinchalik Moskvada doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1989 yilda tarix fanlari doktori, 1992 yilda professor, 1995 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi bo‘lgan.

O‘zbekiston San’atshunoslik ilmiy-tekshirish institutida ilmiy xodim (1969–76), katta ilmiy xodim (1976–85), san’at tarixi bo‘limi mudiri (1985 yildan) vazifalarida mehnat qilgan.

Olimning ilmiy ishlari O‘rta Osiyoning qadimiy va o‘rta asrlar tarixi, arxeologiyasi, numizmatikasi, epigrafikasi, san’ati, madaniyati tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan. Toshkent shahridagi arxeologik yodgorliklarni tadqiq etgan. O‘zbekistonda va xorijda chop etilgan 800 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.

Ilmiy faoliyati uchun 1985 yilda “Beruniy” nomidagi Davlat mukofoti, 2001 yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni, 2003 yilda “Mehnat shuhrati” va 2017 yilda “El-yurt hurmati” ordeni, bilan taqdirlangan. Shuningdek, 2001 yilda Gruziyaning “Girsebis” (“Ritsarlik sharafi”), 2006 yilda Gretsiyaning “Buyuk Konstantin” ordenlari bilan mukofotlangan.

Edvard Rtveladzening ishlari Fransiya, Yaponiya, Angliya, AQSH kabi xorijiy mamlakatlarda chop etiladi. U Vashington, London, Parij, Turin, Nikosiya, Osaka, Kioto, Tokio, Stokgolm, Moskva, Syurix va boshqa shaharlardagi universitetlar va ilmiy muassasalarda ma’ruzalar qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Edvard Rtveladze

Baholaganlar

124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar