AQSHning yana bir shtatida o‘lat qayd etildi
Olam
−
18 avgust 2020
12428AQSHning Kaliforniya shtatida so‘nggi besh yilda ilk bor o‘lat bilan kasallanish holati qayd etildi. Eldorado okrugida yashovchi amerikalikda o‘latga chalingan. Bu haqda KTLA telekanali shtat sog‘liqni saqlash departamentiga asoslanib xabar berdi.
“Taxminlarga ko‘ra, fuqaro burga tishlagandan keyin kasallangan. Bu rayonda 2016-2019 yillarda batsilla o‘lati tashuvchi 20 ta kemiruvchi aniqlangan”, deyiladi xabarda.
Kaliforniya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, kasallik janubi-sharqiy cho‘l zonasi va San-Xoakin vodiysidan tashqari shtatning barcha hududiga tarqalgan.
So‘nggi bor Kaliforniyada 2015 yilda o‘lat bilan kasallanish qayd etilgandi. O‘shanda Los-Anjeles okrugida yashovchi ikri odam kasallikka chalingan. Ularning ikkisi ham sog‘aygan.
Avvalroq, Kolorado shtatida bubon o‘lati qayd etilgandi. Kasallik unga olmaxondan yuqqani taxmin qilingan.
LiveBarchasi