AQSHning O‘zbekistondagi yangi elchisi qasamyod qabul qildi

Jamiyat

Uzoq yillar AQSHning Markaziy Osiyoga nisbatan siyosatida muhim rol o‘ynab kelgan Daniel Rozenblum O‘zbekistonning yangi elchisi sifatida qasamyod qildi. Bu haqda "Amerika ovozi" jurnalisti Navbahor Imomova ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Daniel Rozenblum may oyi oxirigacha Toshkentga tashrif buyuradi. Prezident Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorlig‘i topshirgach, to‘liq faoliyatini boshlaydi. Qasamyodidan keyingi nutqida Rozenblum AQSH va O‘zbekiston mushtarak manfaatlarga ega va ular yo‘lida “sidqidildan xizmat qilaman”, deb aytib o‘tgan.

O‘tgan oktyabr oyidan beri AQSHning Toshkentdagi bosh diplomati vazifasida Alan Meltzer ishlab kelmoqda. U aslida elchi o‘rinbosari.

“Butunlay suveren O‘zbekiston kim bilan qanday hamkorlik qilishni erkin tanlay olishi Amerika manfaatlari uchun xizmat qiladi”, – degan edi Rozenblum Senatdagi o‘z nutqida.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-AQSh

Baholaganlar

17

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing