AQSHning sobiq elchisi hibsga olindi

3-sahifa

image

AQSHning Boliviyadagi elchisi bo‘lib ishlagan sobiq amerikalik diplomat Manuel Rocha Federal tergov byurosining uzoq yillik tekshiruvidan so‘ng Kuba hukumatining agenti sifatida yashirincha ishlaganlikda ayblanib, hibsga olindi. Bu haqda anonimlik sharti bilan gapirgan masaladan xabardor ikki manbasiga tayanib, “Associated Press” agentligi xabar berdi.

73 yoshli Manuel Rocha o‘tgan 1 dekabr kuni Mayamida hibsga olingan. Bugun, 4 dekabr kuni jinoiy ish sudda hal bo‘lgach, ish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar e’lon qilinishi kutilmoqda.

Manbalardan birining aytishicha, Adliya vazirligi Rochani Kuba hukumati manfaatlarini himoya qilishda ayblamoqda. Federal qonun Qo‘shma Shtatlardagi xorijiy hukumat yoki tashkilotda siyosiy ish olib borayotgan odamlardan Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tishni talab qiladi. 

Ma’lumot uchun, Manuel Rochaning 25 yillik diplomatik faoliyati asosan Sovuq urush davrida Lotin Amerikasida o‘tgan. Uning diplomatik vazifalari Vashington Fidel Kastroning kommunistik hukumati bilan to‘liq diplomatik aloqalarga ega bo‘lmagan bir paytda Kubadagi AQSH manfaatlari bo‘limida xizmat qilishni o‘z ichiga olgan.

Kolumbiyada tug‘ilgan Rocha Nyu-York shahrida ishchilar oilasida o‘sgan va 1981 yilda Tashqi xizmatga qo‘shilishdan oldin Yel, Garvard va Jorjtaun universitetlarida tahsil olgan. 

U 1997 yildan 2000 yilgacha Argentinada AQSH Tashqi ishlar xizmatini boshqargan. Rocha, shuningdek, Italiya, Gonduras, Meksika va Dominikan Respublikasida xizmat qilgan va Milliy Xavfsizlik Kengashida Lotin Amerikasi bo‘yicha ekspert bo‘lib ishlagan.

Davlat departamentidan nafaqaga chiqqanidan so‘ng, Rocha oltin qazib olish va ko‘mir eksport qilish sanoatida biznes faoliyatini boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh sobiq elchi Associated Press Manuel' Rocha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing