AQSHning Rossiya bilan munosabatlardagi asosiy xatosi aytildi 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH rahbariyati xalqaro maydonda Pekinga e’tibor qaratish va Moskvaning tanazzuliga umid qilish kerak, deb yanglishmoqda. Bu haqda Amerikaning “Foreign Affairs” nashri yozgan. 

“Vashington Rossiya burchak ostida qolgan degan ishonchdan voz kechishi kerak. Uning rahbariyati o‘zini bunday obrazda tutmaydi, aksincha, Kreml o‘zini o‘z mintaqasidagi kuch markazi va global miqyosdagi faol o‘yinchi sifatida ko‘radi”, deb yozgan mualliflar Maykl Kofman va Andrea Kendall-Teylor. 

Tahlilchilarga ko‘ra, Rossiyaning iqtisodiyoti ko‘ringanidan ancha kuchli va inson salohiyati ham so‘nggi 30 yil ichida sezilarli darajada yaxshilangan. Shu bilan birga, mamlakatda harbiy texnologiyalar hamisha jiddiy darajada bo‘lgan, yadroviy sohada esa Moskva uzoq vaqtdan beri Vashingtonning asosiy raqibiga aylangan. 

Shuningdek, Kofman va Kendall-Teylor Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanishidan xavotirda ekanini bildirgan. 

“Ularning xalqaro maydondagi birgalikdagi ta’siri, alohida harakat qilgandan ko‘ra ko‘proq bo‘lishi mumkin, bu esa Qo‘shma Shtatlar uchun qiyinchiliklarni oshiradi”, deb ta’kidlagan tahlilchilar. 

Mualliflar Vashingtonga tashqi siyosatda Rossiyaning ahamiyatini oshirish, Moskva bilan qarama-qarshilikda harbiy xarajatlarni oshirish, shuningdek bu yo‘nalishni NATO uchun ustuvor vazifa sifatida saqlashni taklif qilgan. 

Avvalroq, Rossiyaning uchta Su-35S qiruvchi samolyoti mamlakat havo hududiga yaqinlashgan AQSH havo kuchlarining V-52N strategik bombardimonchi samolyotini Tinch okeani uzra kuzatib qo‘ygani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Xitoy

Baholaganlar

329

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing